"Lion" barcha futbolchilarini transferga qo'ydi. Sababi ham ma'lum

Mirjalol Normatov
23 avg 2024, 00:37
Fransiya chempionatida ishtirok etuvchi "Lion" klubi barcha futbolchilarini sotuvga qo'ydi.

Bu haqda L’Equipe nashri xabar bermoqda. Ularning ma'lumotiga qaraganda klub jiddiy muammolarga uchragan va moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzmaslik uchun shunday qaror chiqarildi. Klub qoidalarni buzmaslik va maosh pullarini kamaytirish uchun ushbu transferlar oynasi yakuniga qadar ma'lum miqdorda pul jamg'arishi kerak bo'lmoqda.

Gap eng kamida 100 mln evro haqida ketyapti. Jamoadagi futbolchilarning umumiy narxi esa 261 mln evroga baholangan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: L’Equipe