"Lion" Azmun o'rniga "Real" hujumchisini sotib olmoqchi

Aslanov Jasurbek
1 noya 2021, 01:09
Fransiyaning "Lion" klubi "Real"ning dominikalik hujumchisi Mariano Diasni sotib olmoqchi.

Qayd etilishicha, klub "Zenit" hujumchisi Syerdar Azmunni sotib olish juda qiyin ko'rinmoqda.

Oldinroq "Lion" 26 yoshli Azmunga 4 yillik shartnoma taklif qilishga va eronlik hujumchi uchun 7-8 million evro to'lashga tayyorligi xabar qilingandi.

28 yoshli Dias 2017/18 yilgi mavsumda "Lion"da o'ynagan, so'ngra "Real" safiga qo'shilgan.

Ushbu mavsumda Dias "Qirollik klubi" safida atigi 1 ta o'yinda maydonga tushdi va 1 ta golli uzatma amalga oshirdi. Ispaniya chempionatining 12-turidan o'rin olgan "Elche"ga qarshi o'yinda (2:1) uning burni singanligi aytilmoqda.

Azmun "Zenit"ning asosiy o'yinchilaridan biri hisoblanadi. Joriy mavsumda u klub safida 14 ta o'yin o'tkazib, 7 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: MSV Foot