Lingardga A Seriyadan takliflar bor

Mirjalol Normatov
10 yanv 2021, 16:56
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Jessi Lingard yaqin vaqtlar ichida "Inter" tarkibini to'ldirishi mumkin.

"Mirror" xabariga ko'ra, milanliklar bosh murabbiyi Antonio Konte uning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. Agarda Kristian Eriksen jamoadan ketadigan bo'lsa, "Inter" Lingardni ushbu mavsum yakuniga qadar sotib olish imkoniyati bilan ijaraga olmoqchi.

Inglizlar esa ushbu mavsum APLda biror marta o'ynamagan futbolchini bir yo'la sotib yuborish niyatida bo'lib yuribdi. Lingard 2011 yildan buyon MYUda o'ynamoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mirror