

“Men bemalol karantinda futbol bilan xayrlashishim mumkin edi. Engildim deb aytishim mumkin edi, ammo ichimdagi kuch meni hayotga qaytardi. Faoliyatimni butunlay tugatish haqida emas, balki qisqa tanaffus olishni nazarda tutayapman. Zaxirada qolishni yoqtirardim, diqqatimni jamlay olmasdim, boshqa narsalar haqida o'ylardim.
Shifokorlar bilan maslahatlashdim va ular menga yordam berdi. Izolyaciya ma'lum darajada meni o'zgartirgan deb o'ylayman. Eski o'yinlarimni qayta ko'rardim va o'zimga: “Ha, bu haqiqiy Jessi Lingard”, deb aytardim”, deydi Lingard.



