Lingard faoliyatini Rossiyada davom ettirishi mumkin

Mirjalol Normatov
6 avg 2023
SSKAning xalqaro aloqalar bo'limi direktori Kirill Beydo "Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Jessi Lingard bilan shartnoma imzolanishi mumkinligini yashirmadi.

"Lingard transfer bozorida. Demak, uning agentlari futbolchini istalgan klubga taklif qilishi mumkin va u bizga taklif qilindi ham. Lingardning varianti ko'rib chiqilmoqda", - dedi Breydo.

Ayni damda Lingard erkin agent maqomida. U o'tgan mavsumni "Nottingem Forest" tarkibida o'tkazib, 20 o'yinda 2tadan gol va assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Спорт-Экспресс