"Lill" xavbeki Sanshesh 18 mln evro evaziga "Milan"ga o'tadi

Alisher
11 iyun 2022, 12:03
"Lill" yarim himoyachisi Renatu Sanshesh 18 million evro evaziga "Milan"ga o'tadi.

Jurnalist Rudi Galettining xabariga ko'ra, 24 yoshli portugaliyalik italyan klubi bilan 3 million evrolik maosh va 4 yillik bitimga imzo chekadi.

Qayd etish kerakki, klublar bonuslar borasida kelishuvga erishishlari qoldi.

Sanshesh o'tgan mavsum "Lill" tarkibida barcha musobaqalarda 32ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 5ta assist qayd etdi. Yarim himoyachining klub bilan shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/RudyGaletti