"Lill" Botmanni sotmoqchi emasligini ma'lum qildi

Alisher
20 yanv 2022, 13:20
"Lill" prezidenti Olive Letang himoyachi Sven Botmanni qishki transfer oynasida qo'yib yubormoqchi emasligini ma'lum qildi.

"Biz buni muhokama qilmaymiz. Men Sven haqida gapirdim va takrorlayman: biz o'zimizda eng yaxshi futbolchilarni saqlab qolmoqchimiz. Biz hatto kim bilandir muzokaralarni ham boshlamoqchimasmiz. Botmanni o'zimizda qoldirishni xohlaymiz", - deydi Letang.

Botman 2021/22 yilgi mavsum "Lill" tarkibida 19ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 1ta assist qayd etdi.

Transfermarkt 22 yoshli niderlandiyalikni 30 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Football Italia