Liga 1. PSJ mehmonda "Anje"ni yirik hisobda mag'lub etdi

26 apr 2026, 00:11
Liga 1 31-tur doirasidagi "Anje" - PSJ o'yini bo'lib o'tdi.

Mehmonlar ushbu o'yinda yirik hisobda g'alaba qozonishdi. Li Kan In 7-daqiqada hisobni ochdi. Senni Mayulu 39-daqiqada ustunlikni oshirdi. 52-daqiqada Lukas Beraldo hisobni yirik ko'rinishga olib keldi. O'yinning 74-daqiqasida Gonsalu Ramush ikkinchi sariq kartochkani olib, maydondan chetlatildi.

PSJ Liga 1 da 30 o'yindan so'ng 69 ochko jamg'argan holda jadvalda peshqadamlik qilmoqda, “Anje” esa 31 o'yindan so'ng 34 ochko to'plab, o'n uchinchi o'rinda joylashgan.


O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia