Liga 1. 10 kishi qolgan “Lion” safarda “Monako” ustidan irodali g'alabaga erishdi

Eldor Akmurzayev
3 may 2021, 01:59
Fransiya chempionati 35-turi doirasidagi "Monako" – "Lion" bahsi yakunlandi.

O'yinda hisobni 25-daqiqada mezbonlar hujumchisi Kevin Folland ochdi. Keyin 2-bo'lim boshida Memfis Depay hisobni tenglashtirdi. 

70-daqiqada mehmonlar a'zosi Maksens Kakere ikkinchi sariqni olib, maydonni tark etdi. Mazkur epizoddan ko'p o'tmay Marselo oradagi muvozanatni “sherlar” tomoniga og'dirdi – 2:1.

86-daqiqada “Monako” forvardi Vissam Ben Yedder penaltini aniq amalga oshirdi. So'ngra Matis Rayan Sherki raqib darvozasini ishg'ol etib, o'yinga yukuniy nuqtani qo'ydi – 3:2 “Lion”ning irodali g'alabasi!

“Monako” chempionlik uchun kurashdan deyarli chiqdi, jamoa 71 ochko bilan 3-o'rinda qoldi. Ulardan bir ochko kam to'plagan “Lion” esa 4-pog'onada bormoqda.

"Monako" – "Lion" 2:3 

"Lui II"

Gollar: 1:0 – 25 Folland, 1:1 – 57 Depay, 1:2 – 77 Marselo, 2:2 – 86, penalti Ben-Yedder, 2:3 – 89 Sherki.

"Monako" – Lekomt, Sidibe, Disasi (Badiashile, 61), Maripan, Agilyar (Jebbel, 81), Tchuameni, Fabregas (Matazo, 61), Fofana (Ballo-Ture, 69), Kayo Enrike (Pellegri, 81), Ben-Yedder, Folland.

"Lion" – Antoni Lopesh, Denayer (Diomande, 29), De Shilo, Dyubua (Kadevere, 46), Marselo, Tiago Mendes (Bruno Gimaraes, 88), Kakre, Lukas Paketa (Auar, 75), Korne, Toko-Ekambi (Sherki, 88), Depay.

Ogohlantirishlar: Kakre (30), Fofana (63), Kadevere (72), Antoni Lopesh (85).

Chetlatish: Kakre (70).

TURNIR JADVALI

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia