

U o'z xatida sevimli futbolchisi Ben Uayt ekanligini yozib o'tdi. Gap shundaki, Ben ayni damda "Lids" tarkibida ijara asosida o'ynamoqda. Uning transfer huquqi esa "Brayton"ga tegishli. Yosh muxlis ushbu futbolchi jamoaning to'laqonli a'zosiga aylanishi uchun o'zining barcha - 15,07 funt pulini berib yuborishga tayyor ekanligini yozib o'tdi.
"Brayton" esa bu xatga jiddiy e'tibor qaratdi va rasmiy javob ham yubordi. Klub Danielga minnatdorlik bildirdi, biroq murabbiylar shtabi Uaytdan katta umidlari borligini va u sotilmasligini ma'lum qildi.

