"Lids" "Real" futbolchisini xarid qilmoqchi

3 yanv 2020, 00:43
Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Lukas Vaskes faoliyatini Angliyada davom ettirish mumkin.

"Todofichajes" xabariga ko'ra, ispaniyalik futbolchining xizmatlariga "Lids Yunayted" bosh murabbiyi Marselo Belsa qiziqib qolgan. 29 yoshli Vaskesning o'zi ham faoliyatini Angliyada davom ettirishga qarshi emas. Tez orada tomonlar o'rtasida muzokaralar boshlanadi. 

Joriy mavsum "Real" tarkibida 18 o'yin o'tkazgan Lukas 1 gol urib, 2 golga assistentlik qilgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Todofichajes