"Lids" Lukakuni nishonga oldi

Alisher
11 sen 2020, 15:23
"Lacio" himoyachisi Jordan Lukaku faoliyatini Angliya chempionatida davom ettirishi mumkin.

26 yoshli belgiyalik futbolchi "Lids" bilan shartnoma imzolashi mumkin. Angliya klubi 2016 yildan beri "Lacio"da o'ynayotgan himoyachining transferi bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.

Jordan rimliklar safida 85ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 8ta assist qayd etdi.

Romelu Lukakuning ukasi "Lacio" bilan 2022 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma imzolagan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira