"Lids" Firpo uchun "Barselona"ga qancha to'laydi?

Alisher
6 iyul 2021, 14:50
"Lids" "Barselona" bilan himoyachi Junior Firponing transferi borasida kelishuvga erishdi.

Ispanlar o'yinchining tovon puli sifatida 15 million evro olishadi. Bu haqda Nikolo Skira xabar bermoqda.

Futbolchi yangi klubi bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi va bir mavsum uchun 2 million evro maosh oladi.

Firpo o'tgan mavsum Ispaniya chempionati doirasidagi 7ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira