"Lids" "Barselona"dan 55 million evro talab qilmoqda

Mirjalol Normatov
19 iyun 2022, 15:35
"Lids" yarim himoyachisi Rafinyaning transferidan qancha mablag' ishlab olishni rejalashtirayotgani ochiqlandi.

Jurnalist Fabricio Romanoning yozishicha, ingliz klubi "Barselona"dan 55 million evro talab qilmoqda va narxni boshqa tushirmoqchi emas.

"Ko'k-anorranglilar" rahbariyati fevral oyidayoq futbolchining agenti Deku bilan kelishib bo'lgan, ammo "Lids" vingerning ketishiga qarshi chiqmoqda.

Rafinya o'tgan mavsum APLning 35 o'yinida qatnashib, 11 gol va 3 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal