"Lids" 13 ta futbolchisi bilan hayrlashadi

Aziz Tukhtamuradov
18 may 2014, 08:30
Lids rahbariyati bir qancha futbolchilar bilan shartnomani uzaytirmasligini ma'lum qildi.
Jeymi Eshdaun, Maykl Braun, El-Xoji Diuf, Adam Dryuri, Pol Grin, Denni Pyu va Lyuk Varni kabi futbolchilar bilan shartnoma uzaytirilmaydi.


Bundan tashqari yana 7 ta yosh futbolchi bilan ham hayrlashiladi. Bular: Netan Terner, Lyuis Terner, Richard Brayan, Saymon Lenigen, Smit Tesse va Gboli Ariyibilardir.

"Lids" bu mavsum chempionshipda 15-o'rinni egalladi va navbatdagi marotaba premer-ligaga chiqish imkoniyatini qo'ldan boy berdi.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru