Libertadores Kubogi finali Qatarda o'tkazilishi mumkin

Aslanov Jasurbek
28 noya 2018, 13:27
"River Pleyt" hamda "Boka Xuniors" o'rtasida o'tkaziladigan Libertadores Kubogining ikkinchi finaliga Qatar mezbonlik qilishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, ayni damda Janubiy Amerika futbol konfederatsiyasi (KONMEBOL) finalni Qatar poytaxti Dohada o'tkazish imkoniyatlarini ko'rib chiqmoqda. Ikkinchi final Braziliya, Paragvay yoki AQSHda o'tishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, "River Pleyt" hamda "Boka Xuniors" o'rtasidagi ikkinchi final muxlislarning mehmon jamoa avtobusiga hujumidan so'ng bekor qilingan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: TyC Sports