"Leyptsig" Xavi Simons qaytganini e'lon qildi

Sherzod Nurmatov
5 avg 2024
Yarim himoyachi Xavi Simons "Leyptsig"ga qaytdi.

Nemis klubi o'zining rasmiy sayti orqali 21 yoshli niderlandiyalik futbolchini PSJdan yana bir mavsumga ijaraga oldi.

Seshanba kuni Simons matbuot anjumanida nutq so'zlaydi va "Leyptsig" bilan mashg'ulotlarni boshlaydi. Niderlandiyalik futbolchi "buqalar" safida 10-raqamda harakat qiladi.

Avvalroq matbuotda PSJ va "Leyptsig" o'rtasidagi kelishuvda sotib olish varianti mavjud bo'lmasligi haqida yozilgandi.

Simons o'tgan mavsum ijara asosida aynan "Leyptsig"da o'ynagandi. O'shanda futbolchi 43 ta o'yin o'tkazib, 10 ta gol urgan va sheriklariga 15 ta golli uzatma bergan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: rbleipzig.com