"Leyptsig" ustozi Chempionlar ligasida "Barselona" bilan o'ynamoqchi

Aslanov Jasurbek
23 avg 2017, 11:43
"Leyptsig" bosh murabbiyi Ralf Xazenxyuttl Yevropa grandlaridan qo'rqmaydi.

Nemis jamoasi ustozi bu haqda 24 avgust kuni Monakoda bo'lib o'tadigan Chempionlar ligasi guruh bosqichiga qur'a tashlash marosimidan oldin aytdi.

"Kamp Nou"da "Barselona" bilan o'ynamoqchiman. Futbolchilik paytimda shu jamoaga qarshi to'p tepganman.

Kamina Kuman, Laudrup va Romariolarga qarshi afsonalarga qarshi o'ynaganman. "Barselona" darvozasini Subisarreta qo'riqlagan. Ikki ajoyib imkoniyatdan foydalana olmaganman" - deydi Xazexyuttl.

Xazexyuttl 24 yil oldin Chempionlar ligasida "Barselona"ga qarshi o'ynagan. Avstriyaliklar o'z maydonida 1:2, mehmonda esa 0:3 hisobida mag'lub bo'lishgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Bild