"Leyptsig" Nkunkuning maoshini oshirishga tayyor

Alisher
23 apr 2022
Yarim himoyachi Kristofer Nkunku yaqin orada "Leyptsig" bilan shartnomani uzaytirishi mumkin.

24 yoshli francuzning amaldagi bitimi 2024 yilga qadar mo'ljallangan.

"Leyptsig" Nkunkuga yuqori maosh va 2023 yildan kuchga kiradigan kyetish mumkinligi borasida bitim taklif qiladi. Tovon puli 65 million evro atrofida bo'ladi.

Futbolchi joriy mavsum "Leyptsig" tarkibida barcha musobaqalarda 45ta o'yinda maydonga tushib, 30ta gol va 19ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Sky Sport