

Bu haqda klub sport direktori Maks Eberl xabar bermoqda.
"Muzokaralarni davom ettiramiz. Albatta, ushbu masala kun tartibida turibdi", – dedi Eberl matbuot anjumanida.
24 yoshli ispaniyalikning klub bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Olmo joriy mavsum "Leyptsig" safida 14 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 4 ta assist qayd etdi.



