
Kuni kecha 12-16 avgust kunlari poytaxtimizda ushbu kurslarning ikkinchisi bo'lib o'tishi borasida xabar oldik. Bu safar OFK bu kursni FIFA bilan birga o'tkazadi. Ushbu kurslarda avstraliyalik Skot Gilligan instruktorlik qiladi. Kurs yakunida murabbiylar imtixon topshirishadi, undan muvaffaqiyatli o'tganlarga FIFA va OFK Level-1 kursi licenziyasi topshiriladi.
Futzaldagi Level-1 kurslari futboldagi S licenziyasiga teng hisoblanadi.
Birinchi OFK Level-1 kursida qatnashganlar:
Boxodir Ahmedov (O'zbekiston terma jamoasi), Nikolay Odushev (O'zbekiston terma jamoasi), Rustam Abdiev (Andijon), Baxtiyor Tog'aev (Ardus), Shaxodat Kuliev (Guliston), Furqat Xayrullaev (Kogon), Axadjon Yusupov (Lokomotiv), Ravshan Rajabov (Paxtakor), Shuxrat Toshmedov (Lokomotiv), Abdujabbor G'afforov (Maksam-Chirchiq), Abdulla Bo'riev (Bunyodkor), Shamshod Xayrullaev (Kogon), Shuxrat Xusainov (Nafis), Jalgasbay Sarsenov (RKK KOR), Farrux Zokirov (Ardus futzalchisi), Rustam Umarov (Lokomotiv futzalchisi), Nodir Elibaev (Lokomotiv futzalchisi), Dilshod Irsaliev (Ardus futzalchisi).