

– Hech bo'lmasa bir ochko olishingiz uchun nima yetishmadi?
– Agar samaradorlik pand bermaganida natija butkul boshqacha bo'lardi. Biz qo'rqmay va bazi epizodlarda "Barselona"danda yaxshiroq o'ynadik. Afsuski, ular yaratgan 4 ta vaziyatidan 3 ta gol urib ketdi.
– Gol urilmagan penalti o'yinning borishiga qanchalik ta’sir qildi?
– Bu biz unumli foydalanmagan vaziyatlardan biri. Turli futbolchilar bazan penaltini golga aylantirolmay qolishadi. Biz Roxerni to'liq qo'llab-quvvatlaymiz. G'alabada ham, mag'lubiyatda ham biz bir jamoamiz. Biz astoydil ter to'kdik va hozir yaxshi formadagi "Barselona"ning hayotini ma'lum darajada qiyinlashtira oldik.
Ilk daqiqalardan biz g'alaba uchun harakat qildik. Oldinda yaxshi pressingni amalga oshirdik, raqib jarima maydonchasi oldida to'pni bir necha bor olib qo'ydik. Biroq g'alaba qozonish uchun siz o'z vaziyatlaringizdan foydalanishingiz zarur. Sababi raqib birinchi vaziyati bo'lishi bilan gol urib ketdi, – dedi Morales.




