Levandovskining sobiq agenti: "Butun umringiz davomida "Real"ga o'tishni istab, oxir-oqibat "Barselona"ga o'tarmidingiz?"

Оқил Абдубарноев
23 may 2022, 19:54
Robert Levandovskining sobiq agenti Mayk Bartel polyak futbolchisining "Barselona"ga o'tish istagidan hayratda qoldi.

"Bavariya" hujumchisi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar davom etishiga qaramay, jamoasini o'zgartirish niyati borligini ochiqchasiga ma'lum qilgandi.

Bir kun avval esa 33 yoshli hujumchining agenti Pini Zaxavi Robert "o'zi orzu qilgan klubga o'tishni xohlashini" aytgandi.

"Butun umringiz davomida "Real"ga o'tishni istab, oxir-oqibat "Barselona"ga o'tarmidingiz?" - deb yozadi Bartel.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: twitter.com/MaikBarthel