Levandovski: "Real"ga qarshi bahsda maydonga tusha olaman"

Aslanov Jasurbek
14 apr 2017, 12:43
"Bavariya" hujumchisi Robert Levandovski "Real"ga qarshi Chempionlar ligasining chorak final javob uchrashuvida maydonga tushishi mumkinligini tasdiqladi.

"Elkam qattiq og'riyapti. Shu sababli birinchi uchrashuvda o'ynay olmadim. "Bayer"ga qarshi bahsda ishtirok etmayman, ammo "Real" bilan maydonga tusha olaman" - deydi Levandovski.

Polshalik futbolchi elka jarohat tufayli 2:1 hisobida yakunlangan Madrid jamoasiga qarshi o'yinni o'tkazib yuborgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Bild