Levandovski "Oltin butsa"ni yutdi

Alisher
24 may 2021, 13:00
Robert Levandovski Yevropa futbol ligalarida eng ko'p gol urgan o'yinchiga beriladigan "Oltin butsa"ga ega chiqdi.

Sovrin "chempionat koefficientini gollarga ko'paytirish" formulasi orqali to'plangan yakuniy ballar bilan aniqlanadi.

Robert Levandovski "Bavariya" libosida 41ta gol urdi va 82 ochko jamg'ardi. Polshalik hujumchi Lionel Messi (30 goli uchun 60 ball) va Krishtianu Ronaldu (29 gol uchun 58 ball)dan o'tib ketdi.

Eslatib o'tamiz, "Bavariya" Levandovski bilan ketma-ket 9 bor Germaniya chempioniga aylandi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: bavarianfootballworks.com