Levandovski: "JCHda Polsha terma jamoasi muvaffaqiyati uchun qora mehnat qilishga roziman"

Aslanov Jasurbek
2 iyun 2018, 11:00
Polsha terma jamoasi hujumchisi Robert Levandovski JCH-2018da o'z jamoasi muvaffaqiyati uchun qora ishni bajarishga tayyorligini aytdi.

"Bazida jamoa uchun qora mehnat qilishimga to'g'ri kelishini bilaman. Raqiblar menga e'tibor qaratishgan va Levandovskini to'xtatish haqida o'ylayoshayotgan bo'lishadi. Bu jamoadoshlarimga gol urish uchun qo'shimcha imkoniyat yaratadi. Biz bunday unumliy foydalanib qolishimiz kerak.

Sardor sifatida doimo jamoa haqida o'ylayman. Umumiy muvaffaqiyat - eng asosiysi shu" - deydi Levandovski.

Polsha terma jamoasi JCH-2018dagi ilk o'yinini 19 iyun kuni Senegalga qarshi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sportowe Facty