Levandovski JCH haqida: "Final o'yini tarixdagi eng yaxshilaridan biri bo'ldi. Bunga musobaqa mavsum o'rtasida bo'lgani sabab"

Administrator
22 dek 2022, 23:46
Forvard Qatar maydonlarida o'tkazilgan mundialni etirof etdi.

Polsha terma jamoasi yetakchisi Robert Levandovski Qatardagi jahon chempionati va aynan uning final o'yini haqida gapirdi.

"Tarixdagi eng yaxshi final o'yinlaridan biri. Menimcha, bunga sabab Jahon chempionatining mavsum o'rtasida o'tkazilganligidir. Bu tajriba yangi bo'lgani uchun chempionat oldidan ko'pchilik bu qiyin bo'lishini taxmin qilgandi. Biroq, bu usulning qanchalik ajoyib ekanligiga finalda amin bo'ldik.

Odatda final iyun va iyul oylarida o'tkazilardi. 70-75 daqiqalardan keyin o'yin sifati tushar edi. Biroq, Argentina va Fransiya super o'yin ko'rsatishdi. Ular o'yin davomida biroz charchashdi, ammo bu oldingi mavsumning ta’siri. Umuman olganda, Jahon chempionatidagi asosiy farq shunda bo'ldi", -deydi Robert Levandovski.

Ma'lumot uchun, Polsha Jahon chempionati nimchorak finalida aynan Fransiya terma jamoasiga mag'lub bo'lgandi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: Football Daily