Levandovski - YCHLdagi eng tezkor poker muallifi

27 noya 2019, 08:08
Robert YCHL 5-turi doirasida “Bavariya” safida 4 ta gol urdi.

Polshalik hujumchi safarda “Crvena Zvezda” darvozasiga 4 ta gol urishga erishdi. 31 yoshli Levandovski bu gollarni 14 daqiqa 31 soniya ichida mezbonlar darvozasiga yo'llashga erishdi. Natijada Robert Chempionlar Ligasidagi eng tezkor poker muallifiga aylandi.

“Bavariya” hujumchisi joriy mavsum YCHLda 5 ta o'yinda 10 ta gol urishga erishdi va to'purarlar ro'yxatida yaqqol peshqadam bo'lib turibdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Opta