Levandovski Bundesligada yana bir rekord o'rnatdi

10 noya 2019, 01:33
"Bavariya" Germaniya chempionatining 11-turida Dortmundning "Borussiya"sidan (4:0) ustun keldi.

Mazkur uchrashuvda polshalik hujumchi dubl qayd etdi. Levandovski shu tariqa Bundesliganing qatorasiga 11-uchrashuvida raqiblari darvozasini ishg'ol qildi va Bundesliga tarixidagi eng yaxshi natijani o'rnatdi.

Bunga qadar eng yaxshi natija Klaus Allofs va Per-Emerik Obameyangga tegishli edi (10 ta o'yin).

Eslatib o'tamiz, Robert joriy mavsum 11 uchrashuvda maydonga tushib, 16 ta gol urishni uddaladi. 

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports