Levandovski "Bavariya"ni tark etadimi? Niko Kovach javob berdi

Aslanov Jasurbek
30 iyul 2018
"Bavariya" ustozi Niko Kovach jamoa hujumchisi Robert Levandovski klubdan kyetishi haqidagi ma'lumotlarga izoh berdi.

"Levandovski "Bavariya"ni tark etmaydi. U yuqori saviyali hujumchi, shu sababli uni sotmaymiz. Jamoa Robert bilan ko'p narsaga erishishi mumkin. Levandovski - raqib darvozasini tinimsiz ishg'ol qiladigan ajoyib forvard. Yangi mavsumda uning gol urish qobiliyati yuqori saviyada qolishiga ishonaman. Robertning jamoa bilan shartnomasi bor, shu sababli u "Bavariya"da qoladi" - deydi Kovach.

29 yoshli Levandovski so'nggi mavsum Bundesliganing 30ta uchrashuvida maydonga tushib, 29ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Germany