Levandovski "Bavariya"dan ketishga tayyor

Alisher
11 iyun 2021, 15:41
"Bavariya" hujumchisi Robert Levandovski klubini o'zgartirishga tayyor.

Polshalik futbolchi o'z kuchini boshqa chempionatda sinab ko'rmoqchi. 32 yoshli o'yinchi uchun da'vogarlar sifatida "Manchester Siti", "Manchester Yunayted", "Chelsi" va PSJ klublari ko'rilmoqda.

Levandovski o'tgan mavsum Germaniya chempionati doirasidagi 29ta o'yinda maydonga tushib, 41ta gol (8tasi penaltidan) va 7ta assist qayd etdi.

Hujumchining Myunxen klubi bilan tuzgan shartnomasi 2022/23 yilgi mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: AS