"Lester"ga "Atalanta" o'yinchisi kerak

Bergamoning "Atalanta" klubi himoyachisi Timoti Kastan faoliyatini APLda davom ettirishi kutilmoqda.

"Lester" rahbariyati u orqali "Chelsi"ga o'tib ketgan Ben Chilluellning o'rnini to'ldirmoqchi.

24 yoshli belgiyalik futbolchi "tulkilar"ning asosiy transfer maqsadi hisoblanadi. Chunki u "Lester" qiziqayotgan "Atalanta"ning boshqa bir himoyachisi Robin Gozens yoki Nikolas Talyafikoga ("Ayaks") nisbatan arzonroq.

Kastanning o'zi ham Angliyaga ko'chib o'tishga qarshi emas.


Manba: Sky Sports