"Lester" yangi futbolchisini ro'yxatdan o'tkazishda 14 soniyaga kechikdi

Aslanov Jasurbek
6 sen 2017, 18:45
Yarim himoyachi Adrien Silvaning "Sporting"dan "Lester Siti"ga o'tishi amalga oshmay qolgani sabablari ma'lum bo'ldi.

Ingliz klubi portugaliyalik futbolchini ro'yxatdan o'tkazishda 14 soniyaga kechikdi. Shunday qilib, Silva kelasi yilning yanvar oyigacha "Lester" safida maydonga tusha olmaydi.

Oldinroq FIFA "Lester"ning yangi futbolchini ro'yxatdan o'tkazish hujjatlarini qabul qilmagan edi.

"Lester" "Sporting" yarim himoyachisini 22 mln. funtga sotib olishni kelishib qo'ygan va "tulkilar" kerakli hujjatlarni taqdim etish uchun 2 qo'shimcha soat so'ragan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports