“Lester” sobiq futbolchisi: “Meddison bir kun kelib MYUga o'tadi”

27 avg 2019, 09:05
“Tulkilar” sobiq futbolchisi Denni Simpson jamoaning ayni damdagi yetakchisi haqida gapirdi.

“Meddison bir kun kelib baribir MYUga o'tadi. Bu jahon darajasidagi futbolchi. U o'sishda davom etadi va yanada kuchli bo'lib boradi. Jeyms haqiqatda juda yaxshi o'yinchi. Unda hamma narsa bor. Tezkor fikrlaydi. U aldab o'ta oladi, kichik ustunlik holatida ham to'g'ri poziciya tanlaydi. Yuqori futbol bilimiga ega futbolchi. U maydonni ajoyib ko'ra oladi”,-deydi Simpson.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports