"Lester Siti" Rojersga transferlar uchun 230 mln. evro ajratishi mumkin

Aslanov Jasurbek
28 fev 2019, 14:27
"Lester Siti" bosh murabbiyi Brendan Rojers jamoa tarkibida jiddiy o'zgarishlar amalga oshirmoqchi.

Ma'lumotlarga ko'ra, irlandiyalik mutaxassis yaqin uch yil uchun klub rahbariyatidan 230 mln. evro olishi mumkin.

"Tulkilar"ning asosiy maqsadi 40 mln. funtga baholanayotgan "Bornmut" hujumchisi Kallum Uilson bo'ladi.

46 yoshli mutaxassisning "Lester" bilan shartnomasi 2022 yilning yozigacha amal qiladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Sun