"Lester" safida APL g'olibi bo'lgan Kristian Fuks futbolchilik faoliyatini tugatdi

Administrator
5 yanv 2023, 22:52
Himoyachi 36 yoshda edi.

2016 yili "Lester" safida APL chempionligini qo'lga kiritgan Kristian Fuks futbolchilik faoliyatini yakunladi. 36 yoshli himoyachi faoliyati davomida 19 mavsum o'ynab, 7 klub sharafini himoya qilgandi. Fuks Viner Noyshtadt, Mattersburg, Boxum, Maync, Shalke, Lester va Sharlott klublarida faoliyat olib borgan. 

Yuqorida takidlaganimizdek, futbolchi 2016 yili APLda "Lester" bilan mo'jiza ko'rsatgandi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: «Шарлотт» матбуот хизмати