

APLning ayrim jamoalari Osiyoda o'ziga hos APL kubogini o'tkazishmoqda. Bu ushbu turneda yarim final bellashuvlari o'tkazildi. Shekspir boshchiligidagi "Lester" "Vest Bromvich" bilan final uchun bahs olib bordi. Uchrashuvning asosiy vaqti 1:1 hisobi bilan yakuniga etdi. Penaltilar seriyasida esa "Lester"ning qo'li baland keldi - 7:6.
Ikkinchi yarim finalda "Liverpul" "Kristal Pelas"ni mag'lub etgan edi. Endi finalda "Liverpul" va "Lester" o'zaro bahs olib boradi.
"Premier League Asia Trophy"
Gong Kong, 19.07.2017
"Vest Bromvich" - "Lester" 1:1 (penaltilar seriyasi 6:7)
Gollar: J.Rodriges 10 - R.Marez 25
"Vest Bromvich": Foster, Douson, Nom, Xegazi (Uilson, 66), Evans, Livermor, Yakob (Shadli, 56), Fillips (Leko, 56), Brant (Fild, 51), Rodriges (Makklin, 51), Rondon (Robson-Kanu, 56).
"Lester": Xamer, Maguayr (Simpson, 46), Benaluan (Morgan, 46), Elder (Fuks, 46), Jeyms (Drinkuoter, 44), Amarti (Mur, 46), Ndidi (King, 44), Okazaki (Vardi, 44), Marez (Olbrayton, 48), Lourens (Iborra, 48), Slimani (Uloa, 44).









