"Lester" Musani 24 mln. evroga xarid qilishni istamadi

Aslanov Jasurbek
29 yanv 2016
Angliya Premer-ligasi yetakchisi "Lester Siti" SSKA hujumchisi Ahmed Musani xarid qilishdan bosh tortdi.

Bunga sabab, moskvaliklarning moliyaviy talablari. Oldinroq "armichilar" hujumchi sotuvidan 24 mln. evro ishlab olmoqchiligi e'lon qilingan edi. Futbolchi agentining takidlashicha, uning mijozi katta ehtimol bilan Rossiya chempionatida qoladi.

Nigeriyalik faoliyatini davom ettirishi mumkin bo'lgan yana bir klub "Manchester Yunayted". Musaning Moskva klubi bilan shartnomasi 2019 yilgacha belgilangan.

Rossiya chempionati turnir jadvali va to'purarlari bilan tanishing.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports