

Bu haqda BBC jurnalisti Olushavina Okeleyi ma'lum qildi.
Ma'lumotlarga ko'ra, Musani "Lester Siti" xarid qilish niyatida. "Tulkilar" futbolchi uchun 20 mln. va 24,5 mln. evro taklif qilgan. Bir necha kun oldin inglizlar taklifni 26,5 mln. evroga ko'tarishdi, ammo "armiyachilar" yana rad javobini berishdi.
Musaning SSKA bilan shartnomasi 2019 yilgacha amalda. Futbolchining transfer narxi 30 mln. evro etib belgilangan.
