"Lester" hujumchisi Yevropa ligasida rekord natija qayd etdi

Sherzod Nurmatov
21 okt 2021, 20:25
Patson Daka guruh bosqichining 3-turida "Spartak"ga qarshi o'yinda Yevropa ligasi tarixini qayta yozdi.

Zambiyalik futbolchi 9 daqiqayu 34 soniyada uchta gol urdi. Bu musobaqa tarixidagi eng tezkor xet-trik sifatida qayd etildi.

23 yoshli Daka keyinroq yana bitta to'p kiritib, o'z pokeri orqali "Lester"ga irodali g'alabani taqdim etdi (4:3).

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Goal.com