Rasman: “Lester” Avstriya chempionatida o'tgan mavsum porlagan forvardni sotib oldi

Eldor Akmurzayev
30 iyun 2021, 20:01
“Zalcburg” hujumchisi Patson Daka faoliyatini APLda davom ettiradi.

“Lester” zambiyalik bilan besh yillik shartnoma imzoladi. Transfer esa 30 mln evro evaziga amalga oshdi.

22 yoshli forvard o'tgan mavsum klub libosida 42 o'yinda qatnashib, 34+12 natijaga erishdi. Shuningdek, u Avstriya chempionati to'purariga ham aylanib, mavsum futbolchisi nomiga munosib ko'rilgandi. 

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/LCFC