​"Lester ertagi" qahramonlaridan biri: "Faoliyatimni yakunladim"

11 yanv 2019, 23:07
"Lester" va "Chelsi"ning sobiq himoyachisi futbolchilik faoliyatiga yakun yasaganini ma'lum qildi.

"Bu to'g'ri bo'lmasligi mumkin. Men faoliyatimni yakunladim! Shunchaki bu haqda intervyu berib yig'lamadim, holos", -  deya Robert Xut o'zining tvittyerdagi sahifasida e'lon qildi.

34 yoshli futbolchi "Chelsi" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U yerda ikki bor Angliya chempioni bo'lgan. Germaniya terma jamoasida 19ta uchrashuvda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishgan. 2006 yilgi Jahon chempionatida bronza medalni qo'lga kiritgan.  

Futbolchi APLning 2015/16 yilgi mavsumida "Lester" tarkibida chempionatda zafar quchgandi.  

O'xshash yangiliklar


Manba: Роберт Хутнинг твиттердаги саҳифаси