Lester chempion bo'lsa 93 million funt ishlab oladi

Narzulla Saydullayev
1 may 2016, 08:58
Lester APL 36-turida Manchester Yunaytedga qarshi o'yinda g'alaba qozonsa muddatdan avval chempion bo'ladi.

Agar Vichay Srivadxanaprabxi klubi chempion bo'lsa telekompaniyalardan 93 million funt mukofot oladi. Bir yil oldin "tulkilar" APLda 14-o'rinni band etib 72 million funt olishgandi.

APLdagi barcha klublar yil so'nggida 54 million olishadi. Keyin jamoalar band etgan o'rinlarga qarab pullar taqsimlanadi, chempion jamoa yana 25 million ishlab oladi.

Har bir uchrashuv uchun klublarga qo'shimcha 880 ming funt to'lanadi.

Sky va BT Sport Lesterning 16ta o'yinini translyatsiya qilishdi, shu sababli Raneri jamoasi yana 14 million pul oladi (2014/15 yilda – 10ta o'yin uchun 8,8 million).

Mirror nashri xabariga ko'ra YCHLdagi ishtirok Lesterga bonuslarni hisobga olmaganda faqat teletranslyatsiyalardan 30 million funt keltiradi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: thetimes.co.uk