"Lester" "Chelsi" tarbiyalanuvchisi Koluillga qiziqmoqda

Alisher
27 fev 2022
"Lester" "Chelsi" himoyachisi Levi Koluillga qiziqmoqda.

"Tulkilar" bosh murabbiyi Brendan Rojersga 19 yoshli angliyalikning "Xaddersfild" (ijara)dagi harakatlari yoqqan.

"Lester" futbolchi bo'yicha yozgi transfer oynasida muzokaralarga kirishga tayyor, ammo London klubi o'yinchiga imkoniyat berishni rejalashtirmoqda.

Koluill 2021/22 yilgi mavsum "Xaddersfild" safida 22ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 1ta assist qayd etdi.

Transfermarkt o'yinchini 2,5 million evroga baholamoqda.


AlisherMuallif
Manba: mirror.co.uk