L’Equipe: "Real" Mbappening transferi bo'yicha ishlarni to'xtatdi

PSJ hujumchisi Kilian Mbappe yozda "Real"ga o'tmaydi, deya xabar qilmoqda Fransiyaning L’Equipe nashri.

Parij klubi rahbarlari 21 yoshli o'yinchini yaqin transfer oynasi orqali qo'yib yuborish niyatida emas. Shu tufayli "Real" mutasaddilari ayni damda francuz futbolchisi 

bilan shartnoma imzolashning iloji yo'qligini tushundi va bu boradagi barcha ishlarni to'xtandi.

Lekin "qirollik klubi" Mbappe atrofidagi vaziyatni kuzatishda davom etadi. Eslatib o'tamiz, uning PSJ bilan hamkorligi 2022 yilda yakunlanadi.


Manba: L’Equipe