"L’Equipe" Fransiya chempionatining ushbu mavsum ramziy termasini tuzib chiqdi

Mirjalol Normatov
12 apr 2020, 01:11
Fransiyaning "L’Equipe" nashri mamlakat chempionatining ushbu mavsumi ramziy termasini taqdim qildi.

Asosiy tarkibga PSJning 4, "Reyms"ning 3, "Lill"ning 2 hamda "Monako" va "Strasbur"dan bir nafardan futbolchilar kiritildi.

Darvozabon: Predrag Raykovich ("Reyms");

Himoyachilar: Muhammad Simakan ("Strasbur"), Gabriel ("Lill"), Yunis Abdulhamid, Hassan Kamara (ikkisi ham "Reyms");

Yarim himoyachilar: Renatu Sanshesh ("Lill"), Marko Verratti, Anxel Di Mariya (ikkisi ham PSJ);

Hujumchilar: Neymar, Kilian Mbappe (ikkisi ham PSJ), Vissam Ben-Yedder ("Monako").

Zaxiradagilar: Stiv Mandanda ("Marsel"), Aleksander Jiku ("Strasbur"), Fetu Mauassa ("Renn"), Teji Savane ("Monpele"), Dimitri Payet ("Marsel"), Viktor Osimxen ("Lill"), Andi Delor ("Monpele").

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: L’Equipe