Leonid Sluckiy: "Guruhdagi vaziyat juda chigallashdi"

15 iyun 2016, 22:00
Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Leonid Sluckiy Slovakiyadan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.


- Mag'lubiyatga uchrayotganimizda o'yin uslubimizni o'zgartirishga to'g'ri keldi. Slovakiya golga qadar ham uch marta burchak zarbasini shu uslubda o'ynayotgandi va biz buni yaxshi bilardik. Ammo biroz konsentratsiya va e'tiborni yo'qotganimiz qimmatga tushdi. Qo'pol xatoga yo'l qo'ydik. Futbolchilarni alohida baholab chiqmoqchi emasman. Buni jamoaning ichki majlisida gaplashamiz. Keyingi o'yinda tarkibda bir qator o'zgarishlar ruy berishi mumkin.
Smolovda, Dzyuba va Kokorinda gol kiritish uchun imkoniyatlar yuzaga kelgandi. O'shanda ular gol urishni uddalaganlarida hozir boshqa mavzuda gaplashib o'tirgan bo'lardik. Guruhdagi vaziyat ancha chigallashdi. Buyog'iga endi oxirigacha kurash kechadi.
Muxlislar atrofidagi mash-mashalar terma jamoaga hech qanday ta’sir ko'rsatgani yo'q.
Uels? Bu jamoada Beyl va Remzi singari top darajadagi futbolchilar o'ynashadi. Lekin muhim o'yinda nomlar emas, butun jamoa qanday o'ynashi ahamiyatga ega.

O'xshash yangiliklar


Manba: sports.ru