Leonid Sluckiy: "Angliyaga qarshi o'yin faoliyatimdagi eng muhim bahs bo'ladi, deb o'ylamayman"

11 iyun 2016, 05:41
Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Leonid Sluckiy Angliyaga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.


- Biz Angliyaning tarkibini oldinroq bilganimizda juda yaxshi bo'lardi. Hozircha buning imkoni yo'q. Shu boisdan ham hali qaysi taktika asosida o'ynashimizni oshkor qilmay turibmiz. Tajriba ustunmi yoki yoshlik shijoati? Buborada doimo bahs bo'lgan. Qaysidir birini tanlash qiyin masala. Rossiya safida nafaqat tajribali, balki yosh futbolchilar ham etardi. Masalan o'z faoliyati davomida ilk maroataba ushbu yirik turnirda qatnashadigan futbolchilar ham etarlicha topiladi. Angliyaga qarshi o'yin faoliyatimdagi eng muhim bahs bo'ladi, deb o'ylamayman. Katta mas'uliyatni to'liq his etib turibmiz. Butun Rossiya mamlakati ushbu o'yinni tomosha qiladi. Chiroyli o'yin ko'rsatib, kerakli natijaga erishishni istardim. Artyom Zyuba o'tgan mavsumda barcha turnirlarda jami 29 marotaba gol kiritdi va YCHL guruh bosqichida eng yaxshi to'purarlar qatorida bo'ldi. Zyubani uzun bo'yidan tashqari ham maqtanarli sifatlari mavjud. Artyom ko'p qirrali, yaxshi hujumchi sanaladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: uefa.com