Leo Messi: "Endi "Barselona"dagi Messi emasman"

Mirjalol Normatov
25 iyun 2023
Hujumchi Leo Messi so'nggi yillar davomida o'yin sifat darajasi tushayotganini tan oldi.

"35ga kirdim, hozirda "Barselona"dagi Messi emasman.

Parijdagi ilk yilim turli xil sabablarga ko'ra qiyin o'tdi. Biroq ushbu mavsumda o'zimni yaxshiroq his qildim, bo'shashishga ham vaqtim bo'ldi.

Balki bunda mavsum o'rtasida bo'lgan jahon chempionatidagi muvaffaqiyat ham muhim rol o'ynadi. Bu barcha uchun o'zgacha mavsum bo'ldi. Kimlardir klubga kech qaytdi, kimlardir ko'p jarohat oldi, kimlargadir qo'shimcha tatil berildi. Bu esa jamoaning o'yin sifatida katta ta’sir o'tkazdi. 

Mavsumning o'rtasida bo'lgan jahon chempionati milliy chempionatdagi o'yinga ham ta’sir o'tkazdi. Bu bahona emas, chunki tarkibdagi ko'plab futbolchilar jahon chempionatida ishtirok qildi. Bu esa jamoaning YCHL va Liga 1 o'yinlari ritmiga tushib olishi uchun qiyinchilik tug'dirdi. Barcha futbolchilar termasidan turli holatda qaytib keldi", - dedi Messi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: RMC Sport