Lempard: “Yirik g'alaba va uchta gol – “Chelsi” yomon o'ynamadi”

5 iyul 2020, 08:15
“Chelsi” bosh murabbiyi Frenk Lempard APL 33-turi doirasida “Uotford” ustidan (3:0) qozonilgan g'alaba haqida gapirdi.

“O'z maydonimizda quruq o'yin o'tkazdik va uchta gol urdik- bu jamoam yaxshi o'ynaganidan darak beradi. Bazida chuqur himoyalanadigan jamoaga qarshi o'ynash qiyin bo'ladi. Ammo biz bu himoyani yorib o'tishning uddasidan chiqdik. Bu xursand qiladigan holat.

Ikkinchi bo'limda tezkor paslar orqali yanada yaxshiroq o'ynashimiz mumkin edi, shunga qaramay standart vaziyatlarda ajoyib himoyalana oldik. Biz uchun ajoyib oqshom bo'ldi”, dedi Lempard.


O'xshash yangiliklar


Manba: ВВС